
Tashkiliy rejani ishlab chiqish ro‘yxatga olish xodimlari uchun belgilangan o‘rtacha yuklamalar asosida hududiy statistika boshqarmalari hamda tuman (shahar) aholini ro‘yxatga olish bo‘limlari tomonidan aholini ro‘yxatga olishni rejalashtirish (tuman (shahar), aholini ro‘yxatga olish, instruktorlik va hisob uchastkalariga bo‘lish) maqsadida amalga oshiriladi. Bunda tuman (shahar)larning ma’muriy xaritalari, qishloq aholi punktlari va mahallalarning sxematik rejalari, qishloq aholi punktlari va mahallalar ro‘yxati, aholi soni ko‘rsatilgan uy va xonadonlar manzillari kabi ma’lumotlardan foydalaniladi.












