Umumiy ma`lumot

Chop kilish

 

Viloyat

Namangan

Tuman

Chortoq

Markazi:

Chortoq shahri

Tashkil topgan sanasi:

15.04.1950

Umumiy maydoni:

377 минг км2

Viloyat markazigacha masofasi:

18 км.

Qishloq aholi punktlari:

19 та

Mahalla fuqarolar yig`inlari:

57 та

Chegaradoshligi:

Sh/sh.dan Qirg`iziston, shimoldan Yangiqo`rg`on, j/sh.dan Uychi tumanlari, g`arbdan Namangan sh.

Aholisi (01.12.2019 yil holatiga) :

198 500

Shundan shahar aholisi:

132 400

Qishloq aholisi:

66 100

 

 

Chortoq tumani  O`zbekistonning eng yaxshi tog`oldi hududi iqlimiga ega. Yer yuzasi shimoldan janubga va g’arbdan sharqqa tomon pasayib boradi. Dengiz sathidan 623 metr balandlikda joylashgan. Tuman hududidan katta Namangan va Shimoliy Farg'ona kanallari, Andijon-Qo`qon  temir yo'li, shuningdek, 217 km. masofada 3 ta xalqaro, 2 ta respublika darajasida magistral avtomobil yo`li o`tgan. Quyoshli fursat yil bo`yi 2740 soat. Iqlimi – mo`tadil, keskin kontinental. O`rtacha havo harorati yozda +26, qish oylarida +3 daraja.

Qulay iqlim iqtisodiyotning agrar tarmog’ini hamda sog’lomlashtirish muassasalarining hamda turizmni rivojlantirishga keng imkoniyatlarni yaratadi. Chortoq sanatoriyalariga respublikamizning turli viloyatlaridan davolanuvchilar kelib shifo topib ketadilar. Ekologik jihatdan sifatli qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash  sanoatini rivojlantirish  imkoni mavjud. Asosiy ishlab chiqarish tarmoqlari paxtachilik, g'allachilik, chorvachilik, sabzavotchilik, uzumchilik, bog'dorchilik va pillachilikdan iborat. Tumanda  10 dan ortiq  millat  vakillari yashaydi.

  
© 2014, Namangan viloyat Chortoq tuman hokimligining rasmiy axborot portali. Sayt materiallaridan foydalanilganda www.chortoq.uz manbasi ko'rsatilishi shart.
Sayt Namangan viloyati hokimligining Kompyuterlashtirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan.